Jinoyat kodeksiga kiritilgan özgartirişlarga köra, sud işlarini hal etişga aralaşiş, yaʼni muayyan işning har tomonlama, töla va xolisona körib çiqilişiga tösqinlik qiliş yoxud adolatsiz hukm, hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror çiqarilişiga erişiş maqsadida sudyaga yoki xalq maslahatçisiga turli şaklda qonunga xilof ravişda taʼsir ötkaziş 3 yilgaça axloq tuzatiş işlari yoki 1 yildan 3 yilgaça ozodlikni çeklaş yoxud 3 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanişi belgilandi.

Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga sud binosida tartibni buziş tarzida sudga hurmatsizlik qilganlik uçun maʼmuriy javobgarlik çoralarini belgilovçi qöşimça kiritildi.

Amaldagi tahrirda faqatgina sud majlisi paytida tartibni buzişda öz ifodasini topgan sudga hurmatsizlik uçun javobgarlik belgilangan edi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuçga kiradi.