AQŞ harbiy-havo kuçlari boşqariluvçi B61-12 yadro bombasining ilk sinovlarini ötkazdi. Bu haqda Military.com portali ma'lum qildi.
Sinov vaqtida B-2 Spirit bombardimonçi samolyotlari qöllangan.
“Bu sinovlar B61-12 konstruksiyasi tizim talablariga javob berişini körsatadi”, deb aytgan AQŞ energetika vazirligining yadroviy xavfsizlikni boşqariş milliy ma'muriyati xodimi Maykl Lyutton.
Sinovlar 9 iyunda Nevada ştatidagi harbiy poligonda Edvards aviabazasining 419-sinov eskadrilyasi boşqaruvida ötgan.
AQŞ uşbu bombani Yevropa davlatlari – Germaniya, Italiya, Turkiya, Belgiya va Niderlandiyadagi harbiy bazalarida joylaştirmoqçi.
B61-12’ning ilk partiyasi qurollanişga 2020 yilda olinişi rejalaştirilgan.







