Tajik Air aviakompaniyasining Moskvadan Xöjandga aviaparvozni amalga oşirayotgan havo layneri şoşilinç tarzda Domodedovo aeroportiga qaytişga majbur böldi. Bunga samolyot salonining germetikligi yöqolgani sabab böldi, deb xabar qilmoqda TASS agentligi favqulodda xizmatlardagi manbasiga tayangan holda.

"Samolyot bortida germetiklik buzilgan. Samolyot yoqilğini işlatib bölganidan keyin, Domodedovoga qöndi", -degan agentlik suhbatdoşi. Uning sözlariga köra, samolyotda 141 yölovçi bölgan.

Domodedovo saytining onlayn kuzatuviga muvofiq, Tajik Air aviakompaniyasining Boeing 737-300 samolyoti Moskva vaqti bilan 01:03da uçgan. Flightradar24.com portaliga köra, u Moskva vaqti bilan 04:18da aeroportga qöngan. 

Boeing komandiri Domodedovo aeroportiga favqulodda qönişga qaror qilgan.