Özbekiston Matbuot va axborot agentligi, Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Jurnalistlar ijodiy uyuşmasi, “Tasviriy oyina” ijodiy uyuşmasi, Yozuvçilar uyuşmasi, Milliy teleradiokompaniya, “Özbekkino” Milliy agentligi, Badiiy akademiya, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi hamda Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi mamlakatimiz mustaqilligining yigirma yetti yilligiga bağişlab “Eng uluğ, eng aziz” an'anaviy tanlovini e'lon qiladi.
Tanlovga “Aziz va yagonamsan, jonajon Özbekistonim!” degan ezgu ğoyani özida mujassam etgan va 2017 – 2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasi hamda “Faol tadbirkorlik, innovatsion ğoyalar va texnologiyalarni qöllab-quvvatlaş yili” Davlat dasturining ma'no-mazmuniga muvofiq yaratilgan, davlatimiz va jamiyatimiz qurilişi tizimini takomillaştiriş, ayniqsa, xalq bilan doimiy muloqotni yölga qöyiş, inson manfaatlarini ta'minlaş, qonun ustuvorligiga erişiş va sud-huquq tizimini yanada isloh qilişni yorituvçi; tinçlik-osoyiştalik va xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bağrikenglikni mustahkamlaş, taşqi siyosat sohasida barça uzoq va yaqin davlatlar bilan özaro manfaatli aloqalarni jadal rivojlantiriş böyiça amalga oşirilayotgan keng kölamli işlarning mazmun-mohiyatini hayotiy misollar orqali oçib beruvçi ijodiy asarlar qabul qilinadi.
“Eng uluğ, eng aziz” tanlovi quyidagi nominatsiyalar böyiça ötkaziladi:
– yozuvçi va şoirlarning badiiy asarlari;
– bosma ommaviy axborot vositalari xodimlarining maqolalari;
– ommaviy axborot vositasi sifatida davlat röyxatiga olingan veb-saytlar xodimlarining jurnalistik işlari;
– televideniye va radio ijodkorlarining materiallari;
– tasviriy san'at, foto asarlari va dizayn işlari;
– kino san'ati asarlari.
Tanlovga taqdim etilgan ijodiy işlarga quyidagi hujjatlar ilova qilinişi lozim:
– muallif va uning professional faoliyati töğrisida qisqaça ma'lumot;
– muallifning pasporti nusxasi;
– iş joyidan tavsiyanoma;
– muallifning manzili va boğlaniş telefonlari.
Tanlovga 2017 yilning 1 avgustidan 2018 yilning 1 avgustigaça bölgan davrda rasman çop etilgan adabiy-badiiy asarlar, gazeta-jurnallar va internet naşrlarida e'lon qilingan maqolalar, radio va televideniye kanallarida efirga uzatilgan materiallar, namoyiş etilgan tasviriy san'at va kino san'ati asarlari joriy yilning 3 avgustigaça qabul qilinadi.
Tanlov ğoliblari Vatanimiz mustaqilligining yigirma yetti yillik bayrami arafasida mukofotlanadilar va ularning röyxati matbuotda e'lon qilinadi.
Ijodiy işlar “Eng uluğ, eng aziz” tanloviga deb körsatilgan holda quyidagi manzilga yuborilişi lozim:
100129, Toşkent şahri, Navoiy köçasi, 30-uy.
Özbekiston Matbuot va axborot agentligi,
Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi,
Özbekiston “Tasviriy oyina” ijodiy uyuşmasi.
Telefonlar: 244-12-61; 244-64-61; 244-11-64.










