Toşkent davlat tibbiyot universiteti — Özbekiston va Markaziy Osiyodagi yirik va yetakçi tibbiy oliy ta’lim muassasalaridan biri. Milliy tibbiyot maktabining boy an’analari asosida taşkil etilgan universitet bugungi kunda yuqori malakali şifokorlar tayyorlaşning zamonaviy markaziga aylangan. U klassik ta’limni innovatsion texnologiyalar bilan muvaffaqiyatli birlaştirib, butun dunyodan xorijiy fuqarolar uçun juda jozibador bölmoqda.
Universitet bugungi kunda keng qamrovli ta’lim tizimiga ega bölib, unda 13 ta fakultet va 112 ta kafedra faoliyat yuritmoqda. 15 ta bakalavriat ta’lim yönalişlari, 57 ta magistratura hamda klinik ordinatura mutaxassisliklari, 42 ta doktorantura ixtisosliklari mavjudligi esa çuqurlaştirilgan ta’lim va ilmiy izlanişlar uçun keng imkoniyatlar yaratadi. Oliygohda 33 ming nafardan ortiq talaba tahsil oladi, şundan 4 300 dan ziyodi xorijiy talabalar hissasiga töğri keladi. Bu esa universitetning xalqaro miqyosdagi nufuzini yanada mustahkamlaydi.

Universitetning ilmiy salohiyati ham yuqori darajada şakllangan. 2 mingdan ortiq professor-öqituvçilar tarkibida yuzlab fan doktorlari, professorlar va PhD darajasiga ega mutaxassislar faoliyat olib boradi. Bu esa talabalar, ayniqsa xorijiy yoşlar uçun sifatli va zamonaviy bilim oliş imkonini beradi.
Universitetda xorijiy talabalar uçun qulay va zamonaviy şaroitlar yaratişga alohida e’tibor qaratilgan. Universitetda ta’lim 3 ta tilda – özbek, rus va ingliz tillarida olib borilib, nafaqat Özbekistonlik, balki boşqa mamlakatlardan kelgan talabalar uçun ham juda qulaydir.

Ta’lim jarayonida nazariya va amaliyot uyğunligiga alohida e’tibor qaratilgan - 10 dan ortiq zamonaviy laboratoriyalar, 360 dan ziyod klinik bazalar va innovatsion öqitiş usullari orqali talabalar real tibbiy tajribaga ega bölib boradi. Sönggi yillarda universitetda önlab yangi laboratoriyalar taşkil etilib, öquv binolari rekonstruksiya qilindi va universitetning kampuslar şaklidagi zamonaviy infratuzilmasi şakllantirildi.

Hozirgi kunda universitetning moddiy-texnik bazasi ham keng kölamda rivojlangan: universitetda minglab öquv auditoriyalari, zamonaviy laboratoriyalar, simulyatsiya markazlari, elektron kutubxonalar va sport majmualari, yuqori tezlikdagi Wi-Fi, 900 dan ortiq kompyuterlar, zamonaviy axborot texnologiyalari bilan jihozlangan sinflar mavjud. Talabalar uçun 6000 öringa möljallangan zamonaviy yotoqxonalar taşkil etilgan bölib, bu ayniqsa xorijiy talabalar uçun katta qulaylik yaratadi.












