Respublika böylab belgilangan 16 ta «oğir» toifadagi mahalla uçun eng maqbul master reja loyihalarini işlab çiqiş orqali hududlarni rivojlantirişga hissa qöşiş maqsadida talabalar örtasida tanlov ötkaziladi.
Tanlov Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti hamda Jahon banki va Yevropa Ittifoqi hamkorligida taşkil etilmoqda.
Unda biriktirilgan OTMlarning iqtisodiyot va texnika yönalişidagi bitiruvçi bakalavrlari hamda 1- va 2-bosqiç magistratura talabalari qatnaşişlari mumkin.
Jamoa tarkibi içki saralaş asosida 5 nafardan 7 nafargaça talaba va 1 nafar mas’ul pedagog iborat böladi.
Ğolib deb topilgan beşta eng yaxşi talabalar jamoasi mukofot sertifikatlari bilan taqdirlanadi.
2026 yil 15 sentabrgaça OTMlar tomonidan talabalar guruhlari şakllantirilib, 30 sentabrgaça ekspertlar iştirokida master reja böyiça onlayn seminarlar ötkaziladi.
30 oktyabrgaça esa dastlabki master reja loyihalari muhokamasi bölib ötadi. Yakuniy master reja loyihalari 1 dekabrgaça topşiriladi.
Yakuniy taqdimot va ğoliblarni baholaş 25 dekabrgaça ötkaziladi.











