Indoneziyada bundan bir yarim yil avval dengizda yöqolib qolgan ayol topildi. U tirik holda bölib, egnida uni oxirgi marta körişgan libos bölgan. Bu haqda Dudung Pret naşri xabar berdi.

2017 yil boşida 52 yoşli Nining Sunarsix Yava orolidagi Sukabumi şahrida hordiq çiqarayotgan bölgan. Guvohlarning ta'kidlaşlariça, ulkan tölqin uni plyajdan dengizga tortib ketgan. Ayol qiçqirib yordam söragan, lekin kuçli töfon tufayli heç kim suvga tuşib unga yordam berişga botinmagan. Qutqaruvçilar Sunarsixni uzoq qidirib topa olişmagan.

Bir haftadan söng Sukabumi hududida noma'lum şaxs jasadi topilgan, lekin ekspertizada jasad yöqolgan ayolga tegişli emasligi aniqlangan. Oradan bir neça hafta ötgaç ayolni qidiriş operatsiyasi töxtatilgan va Sunarsix halok bölgan deb e'lon qilingan.

Ayolning oilasidagilari uning ölganini tan olişni istamagan. Şu yilning iyun oyida ayolning toğasi tuşida Sunarsix yaqinlarini özi yöqolib qolgan plyajda kutayotganini köradi. Bu tuş bir neça marta takrorlangaç, u tuşi haqida oila a'zolariga aytadi va 30 iyun kuni ular plyajga otlanişadi. Ammo qidiruv heç qanday samara bermaydi. 

Ertasi kuni ular yana plyajga kelişdi va behuş holda yotgan Sunarsixni topişdi. U öşa yöqolgan kunidagi libosda edi.

Ular ayolni kasalxonaga olib kelişdi. Şifokorlar ayolning ahvoli oğirligini, lekin tez orada oyoqqa turişini aytişdi.

Sukabumi şahri qutqaruv xizmati boşliği Auliya Solixanto CNN Indonesia portaliga mazkur voqeaning haqiqatan yuz berganini tasdiqladi. Hozirda mazkur hodisa örganilmoqda, lekin aniq tafsilotlar ayol öziga kelib gapira boşlaganida ma'lum böladi.