Markaziy bank Boşqaruvi qarori bilan tijorat banklarida jismoniy şaxslar bilan valyuta ayirboşlaş operatsiyalarini amalga oşirişning yangi tartibi tasdiqlandi. Bu haqda «Norma» naşrida xabar berilgan.

Birinçidan, jismoniy şaxslar xalqaro tölov kartalaridagi (keyingi örinlarda XTK) mablağlarni valyuta ayirboşlaş şoxobçasidagi tölov terminallari, çakana amaliyotlar kassalari, avtomatlaştirilgan bank şoxobçasi yoki bankomatlar orqali naqd şaklda yeçib olişlari mumkin. Bunda jismoniy şaxsga naqd mablağlar bilan birga tegişli tölov hujjatlari beriladi.

Bundan taşqari, avtomatlaştirilgan bank şoxobçasida naqd xorijiy valyutani milliy valyutaga ayirboşlaş, şuningdek boşqa çakana tölovlarni amalga oşiriş mumkin böladi.

Ikkinçidan, valyuta ayirboşlaş şoxobçalari endi XTKdagi mablağlarni naqdlaştiriş bilan bir qatorda bojxona çegarasida bojxona tölovlari va yiğimlarini qabul qiladigan bölişdi.

Uçinçidan, bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat körsatiş maxsus dasturi joriy qilinadi. Rezident jismoniy şaxslar masofadan turib maxsus dasturdan foydalangan holda çet el valyutasini sotib oliş va sotiş, XTKdan pul mablağlarini muddatli depozitlarga ötkaziş operatsiyalarini amalga oşirişlari mumkin böladi. Buning uçun dasturni kompyuter, planşet, uyali telefon yoki boşqa tegişli qurilmalarga yuklab oliş hamda undan foydalaniş şartlari bilan boğliq ofertani qabul qiliş lozim.

Bunda onlayn-rejimda valyuta ayirboşlaş operatsiyalarini amalga oşiriş uçun maxsus dasturidan foydalaniladigan tijorat bankida jismoniy şaxs nomiga bank kartasi va XTK oçilgan bölişi lozim.