RTS Sport portali Braziliya terma jamoasi yulduzi Neymar jahon çempionati doirasidagi törtta öyin davomida 14 daqiqaga yaqin vaqtini maydonda yotib ötkazganini hisoblab çiqdi.

Jahon çempionati boşlanganidan buyon eng köp qöpollik aynan unga nisbatan işlatilgan – 23 marta. Qöpolliklardan söng maydonga qulagan Neymar jami 13 daqiqayu 50 soniya davomida çim ustida yotgan. Eng uzun “tanaffus” esa Meksikaga qarşi öyinda bölgan – beş yarim daqiqa.

Eslatib ötamiz, 6 iyul kuni Braziliya terma jamoasi çorak finalda Belgiya termasiga qarşi maydonga tuşadi. Öyin Qozon şahrida bölib ötadi.