Ravşan Ermatov boşçiligidagi özbekistonlik hakamlar guruhi JÇ-2018 öyinlariga boşqa tayinlanmaydigan böldi.
Nega FIFA Ermatov guruhini qolgan öyinlarni boşqarişi mumkin bölgan hakamlar röyxatiga kiritmagani ma'lum qilindi.
«Futbolium» telegram kanalining xabariga köra, Ermatovning yordamçilaridan biri Abduhamidullo Rasulov oyoğidan jarohat olgan va 2ta öyinda ham tuzalmagan jarohati bilan işlagan. Hakamlar qömitasi Rasulovning tuzalib ketişini kutgan, biroq, u tiklanib ololmagan. Şu tariqa, Ermatov guruhining röyxatga kiritilmasligi boş hakamning hakamlik saviyasi bilan emas, balki yordamçisining jarohati bilan boğliq, deyilmoqda.
Manba bu ma'lumotni Ermatovning özidan olganini ta'kidlamoqda.
Köpçilikda savol tuğilişi mumkin: Ermatovga boşqa yordamçi hakam beriş mumkin emasmidi? Yöq. FIFA hakamlarning doimiy brigada bölib işlaş prinsipiga sodiq qoladi. Uçala hakamning bir-birini tuşunişi, qalin munosabat örnatganligi taşkilot uçun eng muhim masala.













