Tarixda ilk bor özbekistonlik futbol mutaxassislari FIFA qömitasiga tayinlandi. Bu haqda ÖFA xabar berdi.
FIFA Kengaşining qaroriga köra, Özbekiston futbol assotsiatsiyasi birinçi vitse-prezidenti Ravşan Ermatov 2025–2029 yillar uçun FIFAning Futbolda texnologiyalar, innovatsiyalar va raqamli rivojlaniş qömitasi raisi örinbosari etib tayinlandi. Qömitaga FIFAning Futbol texnologiyalari böyiça direktori Yohannes Holzmuyuller rahbarlik qiladi.
Qömita VAR, golni aniqlaş texnologiyasi, yarimavtomatik ofsayd tizimi, raqamli monitoring, sun’iy intellekt kabi innovatsion yeçimlarni rivojlantiriş, sinovdan ötkaziş va futbolga joriy etiş ustida iş olib boradi.
Şuningdek, ÖFA Boş kotibi Avaz Maksumov Sohil futboli qömitasiga, ÖFA ayollar futbolini rivojlantiriş bölimi boşliği Yuliya Panina Ayollar milliy terma jamoalari örtasidagi musobaqalar qömitasiga tayinlandi.










