Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Yevropa mamlakatlarining Eron yadro kelişuvi böyiça hamkorlikni davom ettirişga doir taklifini salbiy baholadi. Uning fikriça, Yevropa takliflari umidsizlikni anglatadi. Eron davlat rahbari Yevropadan aniq takliflarni kutayotganini aytgan. Bu haqda davlat rahbari saytida ma'lum qilingan.

Eron yetakçisi Hasan Ruhoniy Germaniya federal kansleri Hasan Ruhoniy bilan telefon orqali muloqotida Yevropaning uç davlati tomonidan yadro kelişuvini saqlab qolişga doir taklifini “umidsizlik nişonasi” deb baholagan. 

«Afsuski, bildirilgan taklif masalani zudlik bilan hal etiş va hamkorlikning aniq usuliga ega emas. Unda YeIning avvalgi bayonotlari singari faqatgina umumiy majburiyatlar bor, xolos», — deyiladi xabarda.
 
Ruhoniyning qayd etişiça, rasmiy Tehron Venada bölib ötadigan taşqi işlar vazirlari uçraşuvi natijasidan kelib çiqqan holda Yevropa bilan hamkorlikni davom ettiradi. 

Uning sözlariga köra, 2015 yil imzolangan Umumiy harakatlar rejasi özaro majburiyat bölib, Tehron 2 oydan söng Yevropadan uşbu rejani davom ettiriş borasida aniq işoralarni kutib qoladi.