Braziliyaning Embraer SA va AQŞning Boeing aviasozlik kompaniyalari 5 iyunda strategik hamkorlik qilişlari haqida e'lon qilişdi. Bu hamkorlik ikkala kompaniyaga aerokosmik bozorda öz pozitsiyalarni mustahkamlab oliş va biznesi ösişini kuçaytirişga yordam berişi kutilmoqda.
Boeing va Embraer hamkorlik doirasida yölovçi samolyotlar işlab çiqaruvçi qöşma korxona taşkil etmoqçi. Bu korxonaning dastlabki qiymati 4,75 mlrd dollarga baholanmoqda, bunda AQŞ kompaniyasi uluşi 80 foiz yoki 3,8 mlrd dollarni taşkil qiladi.
Boeing hamkorlik 2020 yildan foyda keltirişni boşlaşiga umid qilmoqda. Korxona Embraer’ning fuqarolik aviasozligi sohasidagi operatsiyalarini oladi.
Agar korxona taşkil etilsa, u holda Boeing 70-130 örinlik kiçik tijorat samolyotlari bozorida yetakçiga aylanadi.
Bu kelişuv tarmoqdagi ikki gigant – Boeing va Airbus SE örtasidagi raqobatçilikning navbatdagi bosqiçidir. 2017 yil oktabrda Airbus va Kanadaning Bombardier Inc. kompaniyalari Bombardier C Series samolyotlarini işlab çiqariş maqsadida hamkorlik kelişuvini imzolagandi. Kanada kompaniyasi hududiy samolyotlarni işlab çiqariş böyiça dunyoda 2-örinni egallaydi.
Ayni vaqtda Embraer tijorat samolyotlari işlab çiqaruvçi kompaniyalar örtasida tuşum böyiça 3-örinni egallaydi. Kompaniyaning taniqli laynerlari 70-100 öringa ega.
Uşbu xabar ortida Boeinğning aksiyalari 0,4 foizga, Embraer’niki esa 4 foizga qimmatlaşgan.











