Markaziy Osiyodagi birinçi va yagona bölgan uşbu köpfunksiyali layner UK39010 raqami bilan Özbekistonda röyxatga olinmoqda. Bu Embraer kompaniyasiga Özbekiston Harbiy-havo kuçlari uçun buyurtma qilingan şu turdagi ikki samolyotning birinçisidir.

Havo kemasi harbiy livreyaga böyalgan, yaqin orada u Özbekistonga yetkaziladi.

Embraer C-390 Millennium - Braziliyaning Embraer kompaniyasi tomonidan işlab çiqarilgan, yuk kötariş quvvati 26 tonnagaça bölgan zamonaviy, ikki dvigatelli, örta masofaga uçuvçi reaktiv transport samolyotidir. Samolyot yuk taşiş, havoda yonilği quyiş, qidiruv-qutqaruv operatsiyalari va tibbiy evakuatsiya uçun möljallangan.












