Buyuk Britaniya boş vaziri Tereza Mey mamlakat Yevropa Ittifoqidan çiqib ketgandan keyin YeI bilan erkin savdo hududi taşkil etişni qöllab-quvvatlamoqda.
“Biz Britaniya va YeI örtasida sanoat va qişloq xöjaligi mahsulotlari umumiy reyestrini közda tutuvçi erkin savdo hududini yaratişni taklif qilmoqdamiz. Bu uşbu sohalarda yuqori standartlarni saqlab qoladi. Biz parlamentimiz roziligisiz kelajakda heç qanday özgartirişlar kiritilmasligini tasdiqlaymiz”, deb aytgan Mey.
Mey, şuningdek, Britaniya rahbariyati biznes manfaatlariga javob beruvçi va istalgan davlat bilan yangi savdo kelişuvlari tuzilişini közda tutuvçi yangi bojxona modelini muvofiqlaştirib olganini ma'lum qilgan.












