Suriya BMTga mamlakatdagi vaziyat haqida axborot töplaş va ma'ruzalar tayyorlaşga pul sarflaşni bas qilişni, buning örniga xalqqa yordam berişni boşlaşini sörab murojaat qildi. Bu haqda Suriyaning BMTdagi doimiy vakili Başar Jafariyning maktubida aytiladi.
"Suriya hukumati yana bir bor Xavfsizlik kengaşi mazkur oylik ma'ruzalarni çop etişni bas qilişi kerakligini, bu ma'ruzalar faqat bir maqsad - iğvogarona faoliyat orqali Suriyaga duşmanona kayfiyatda bölgan davlatlar manfaati uçun xizmat qilişini bildiradi", — deyiladi boş kotib hamda muvofiqlaştiriş va gumanitar masalalar boşqarmasining 51-ma'ruzasiga javoban yozilgan maktubda.
Bundan taşqari, doimiy vakil BMT Xavfsizlik kengaşi "moliyaviy va insoniy resurslarni Suriya xalqiga xayoliy emas, balki haqiqiy yordam berişga sarflaşi kerak"ligini qayd etgan.
"Bu oylik ma'ruzalar örniga professional va işonçga loyiq çoraklik ma'ruzalar tayyorlanişi maqsadga muvofiq bölardi", — deydi Jafariy.
Jafariyning yozişiça, "Ma'ruza mualliflarini Xavfsizlik kengaşining terrorizmga qarşi rezolyutsiyalarini buzişgani va Xavfsizlik kengaşi tomonidan terrorçi guruhlar röyxatiga kiritilgan "Jabhat an-Nusra", "Levanta ozodlik taşkiloti" va ular bilan aloqador guruhlarga nisbatan "Idlibdagi qurollangan muxolifat" iborasini qöllagani uçun javobgarlikka tortiş lozim".











