Özbekiston hukumati vakillari Belarusda yangi AES qurilişi bilan tanişdi. 2018 yil 4 iyul kuni Özbekiston boş vaziri örinbosari Alişer Sultonov rahbarligidagi delegatsiya amaliy taşrif bilan Belarus AES quriliş maydonida böldi. Belarus energetika vazirligi axborot xizmati şu haqda xabar qilmoqda. 

Mehmonlar atom elektrstansiyasining axborot markaziga taşrif buyurişgan, Ostrovets şahri infratuzilmasi, öquv-maşğulot markazi faoliyati bilan tanişişdi. Bundan taşqari, AES qurilişi jarayonini ham örganişgan. 

Taşrifning yakuniy qismida muzokaralar bölib ötib, unda Belarus yadro energetikasi dasturini hayotga tatbiq etiş va AES qurilişi tajribasi haqida ma'lumotlar olindi. Özbekistonda AES qurişga qaror qilingani munosabati bilan Belarusning bu boradagi tajribasi dolzarblik kasb etadi.