Şu yilning 3 iyun kuni Samarqand viloyat Kattaqörğon şahar IIB binosida jinoyat-qidiruv bölimi tergovçisi San'at Umarov tomonidan tahqirlangan N.T. Kattaqörğon tumanidagi qişloqlardan birida voyaga yetmagan ikki farzandi bilan istiqomat qilmoqda.

Voqea ijtimoiy tarmoqda qizğin munozaralar va munosabatlarni keltirib çiqargaç, «Feysbuk»ning özbek segmenti foydalanuvçilari oilaga pul yiğib berişdi. Ularning puli hisobiga uyga yangi darvoza örnatilgan. Ortgan pullarga oilaning farzandlariga kiyim-keçak va öquv qurollari xarid qilinadi.

Respublika Xotin-qizlar qömitasi vakillari kattaqörğonlik ayolning oilaviy şaroiti bilan yana bir bor tanişib çiqdi. Uning ruhiy holati örganildi va xotin-qizlar qömitasining tavsiyasiga köra unga lozim paytda kömak beriş uçun psixolog Şahnoza Mamayusupova biriktirildi.

Mazkur oilada mehmon bölgan Boş vazir örinbosari, respublika xotin-qizlar qömitasi raisi Tanzila Norboyeva N.T.ga şunday dedi: «Singlim N.T. Siz bir vaqtlar adaşib jinoyatga qöl urganingiz bir umr jinoyatçi bölib qoldingiz degani emas. Bundan aslo öksinmasligingiz kerak. Mahalla, xotin qizlar qömitasi sizga hayotingizni izga tuşirib olişingizda albatta yordam qölini çözadi. Buning uçun barçamiz mas'ulmiz».

Ayni paytda Kattaqörğon tuman hokimligi xotin-qizlar qömitasining taklifini inobatga olib, ayolga yakka tartibdagi tadbirkor sifatida «Har bir oila – tadbirkor» dasturi asosida maktab öquv qurollari va kantselyariya mahsulotlari bilan savdo qiliş uçun kiçik savdo dökoni taşkil qilib beradigan böldi.
Mazkur voqea körsatdiki, inson hayoti davomida özi istagan va istamagan holatlarda huquqiy himoyaga muhtoj böladi. Advokat Azamat Aşurboyev N.T.ga lozim paytda maslahat berişga mas'ul etib biriktirildi va u tergov-suriştiruv jarayonida huquqiy yordam beradi.

Patronaj hamşira Nilufar Hayitova, Olmazor mahalla fuqarolar yiğini xotin-qizlar bilan işlaş va oilalarda ma'naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlaş böyiça mutaxassis Inobat Ergaşeva uning holidan muntazam ravişda murabbiy sifatida xabar olib turadi.
N.T.ning farzandlari hududda faoliyat körsatayotgan sportning karate tögaragiga jalb etildi.

Tuman hokimligi, hududdagi tadbirkorlar va mahalla faollarining taşabbusi bilan ayolning uy-joyi ta'mirlanmoqda. Marhum oila boşliği tomonidan tomorqani öraş uçun devorning poydevori quyilgan. Lekin devor kötarişga ulgurmagan. Kattaqörğon tuman hokimining quriliş masalalari böyiça örinbosari Norböta Sanaqulov devor kötarişda hokimlik albatta yordam berişini ta'kidladi.
Ş.Şokirjonov,
Kun.uz muxbiri











