Qozoğiston Kaspiy dengizida xorij harbiy bazalari joylaşişiga ruxsat berişni rejalaştirmagan, rossiyalik jurnalist va ekspertlarning fikrlari ularning asl faktlardan bexabarligidan dalolat beradi, deyiladi Qozoğiston TIV izohida.

TIV 2018 yil 2 iyul kuni "Veçer s Vladimirom Solovevym" tok-şousida iştirokçilarning Qozoğiston Kaspiyda harbiy bazalar joylaştirişga qaror qilgani haqidagi fikrlariga şunday izoh berdi.

Vazirlikning bildirişiça, "gap Afğoniston hukumatini qöllab-quvvatlaş uçun xalqaro hamjamiyat operatsiyalarida zarur böladigan Amerika yuklarini temiryöl orqali notijorat tranzit qiliş haqida bormoqda". 

"Xuddi şunga öxşaş tranzit ilgari Rossiya tomonidan ham amalga oşirilgan. 2010-2015 yillarda aynan şunday yuklar Şimoliy tarqatiş tarmoği şartlariga köra Rossiya, Qozoğiston va Özbekiston hududlari orqali ötkazilgan. 2010 yilda imzolangan Qozoğiston hududi orqali körsatilgan temiryöl tranzitini ta'minlaş haqidagi Qozoğiston-Amerika kelişuvida xuddi Rossiya-Amerika kelişuvida amal qilgan şartlar közda tutilgan", — deyiladi izohda.

TIVning ta'kidlaşiça, yuqorida körsatilgan kelişuvga 2017 yil sentabrda imzolangan bayonnomada ötkazuv punktlari röyxatiga Aktau va Kurik portlari qöşilgan. 

"Kaspiyda Amerika yoki boşqa davlatning harbiy bazalarini joylaştiriş haqida heç qanday gap yöq", — deyiladi izohda.