Armanistondagi kriminal, qonxör, korruptsion hukumat töliq inqirozga yuz tutdi. Oxu.Az'ning xabar berişiça, Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Vazirlar Mahkamasi yiğilişida şu haqida sözladi.
"Arman xalqi men aytgan gaplarni takrorlayapti. Men BMT minbaridan bu xunta (reaksion terrorçi guruh)ning korruptsion rejimi ekanligi haqida aytgandim. Hozir arman xalqi şuni takrorlayapti. Men bu qonxör, kriminal, korruptsion rejim ekanini aytgandim. Arman xalqi şuni takrorlayapti.
Arman davlatçiligi inqirozga yuz tutib böldi. Şu tariqa adolat qaror topdi, qonxörlar xuntasi hukumatni tark etdi. Bunda bizning rolimiz ham böldi. Hozir bu haqida köpirtirib gapiriş niyatim yöq. Biz Armanistonni töliq izolyatsiya qildik...", dedi Ozarboyjon prezidenti öz nutqida.
Ilhom Aliyev: «Arman davlatçiligi inqirozga yuz tutdi»












