Kun.uz muxbiri Samarqand viloyati Kattaqörğon şahar içki işlar bölimining tezkor vakili San'at Umarov tomonidan tahqirlanib, qip-yalanğoç qilib yeçintirilgan va s'yomka qilingan N.T. xonadonida bölib, u bilan suhbatlaşdi.

N.T. bölgan voqealarni şunday hikoya qilib berdi:
— Erim vafot etgan, heç qayerda işlamayman. Ikki nafar yoş bolam bor. Ularni boqiş uçun turli işlar bilan şuğullanib yuraman. Tan olaman, yalangoyoq qolgan bolam uçun kaliş öğirlab bir marta qölga tuşganman. Bu işdan öşandayoq tavba qilganman.
Öşa (3 iyun) kuni Kattaqörğon şahridagi dehqon bozoriga bozor-öçar qiliş uçun borgan edim. Bozorlik qilişga ulgurmasimdan militsionerlar meni nimadandir gumon qilib uşlaşdi. Keyin şahar içki işlar bölimiga olib borişdi. U yerda ana şu hammaga ma'lum bölib ulgurgan voqealar röy berdi.
— Sizni yalanğoç qilib köçaga çiqargan, degan miş-mişlar bor?
— Yöq, şahar içki işlar bölimi boşliği örinbosarining qabulxonasida yeçintirişdi. Öşa binodagi hamma militsionerlar kördi. Şahar IIB örinbosari ham kelib tomoşa qilib ketdi. Biroq heç kim heç narsa demadi. Navbatçilik qismi oldigaça qip-yalanğoç qilib çiqarişdi, lekin binodan köçaga çiqarişgani yöq.
— Bu voqea video tarqalib ketgaç, butun dunyoga 5 iyul kuni oşkor böldi. Siz dabdurustdan bilib qoldingizmi yoki ungaça S.Umarov ustidan arz qilgan edingizmi biror joyga?
— Meni içki işlar bölimida şu holga solişganidan söng uyga juda yomon kayfiyatda keldim. Ança vaqt özimga kela olmadim. Bir tomondan qandaydir yöl bilan arz qiliş istagi ustun bölsa, ikkinçi tomondan — baribir, ayolmiz, el-yurt oldida şarmanda bölişdan qörqib turdim. Kimga dardimni aytişni bilmasdim, orqamda turib beradigan biror insonim bölmasa. Xullas, bu voqeani heç kimga aytmasdan yurdim.
Oradan 15 kunça vaqt ötgaç, mahallaga prokuraturadan vakil kelib çaqirtirdi. Hayron böldim, nega meni prokuratura vakili çaqirtiryapti ekan, deb. Ularning qölida öşa video bor ekan. «Sizni şu qadar xörlabdi, nega S.Umarov ustidan şikoyat qilmadingiz, deb söraşdi. Bu odam jazosini olişi kerak. Endi siz bizga öşa kuni nimalar röy berganini yozib berasiz», deyişdi.
Men «Yozib bermayman, Xudoga soldim, Özi jazosini beradi. Lekin men jinoyat qilmagan edim. Lekin avval bir adaşib jinoyat qilgan odamni heç kimi yöq deb, qörqitib urib, şu ahvolga solişi şartmidi», deb prokurorga aytdim. «Yöq, yozib bermasdan ilojingiz yöq. Bu videotasvir Samarqandgaça borgan. Hali sizni Samarqand viloyat prokuraturasi ham çaqirtiradi», deyişdi. Şunday deyişganidan söng, bölgan voqealarni yozib berdim. Böldi.
Söng 5 iyul, payşanba kuni tonggi soat 4:30 larda eşik taqillab qoldi. Çiqib qarasam — ikki moşina töla 10 taça militsiya va prokuratura organlari xodimlari kelişgan ekan.
Meni Kattaqörğon şahar IIBga olib borişdi. Samarqanddan kelgan tergovçilarmi, tezkor vakillarmi mendan yana nima voqealar bölgani töğrisida körsatmalarimni yozib olişdi.
«Sizning öşa holatingiz Internetga çiqib ketganini bilasizmi?», deb söraşdi.
Mening yuragim boşqaça bölib ketdi. Albatta, bu men uçun kutilmagan noxuş yangilik edi. Videomaterial internetda tarqalib ketganidan öşa payşanba kuni içki işlar bölimida voqif böldim.
Keyin meni Samarqand şahriga olib borişdi. U yerda San'at Umarov bilan yuzlaştirib, savol-javob qilişdi.
N.T.ning manfaatlarini himoya qiluvçi advokat Azamat Aşurboyevning bildirişiça, videoda öşa kuni ikkinçi ayol ham bölgan. Uni ham axtarib topiş ustida harakat olib borilmoqda.
Videomaterialda San'at Umarovdan taşqari yana bir içki işlar organi xodimi öşa yerda mavjud bölgan ayolga «sen ham hozir mana şunday yeçinasan», deya pöpisa qilganini eşitiş mumkin.
N.T. u ayolni tanimasligini bildirdi. N.T.dan bu borada söraganimizda u ikkinçi ayol bilan boğliq voqeani qisqaça şunday tasvirlab berdi:
— Yöq, u ayolni yeçintirişmadi. Uni kaltaklaşdi, rosa köp kaltaklaşdi…
KUN.UZ suriştirgan ma'lumotlarga köra, F. ismli ayol öşa kuni Kattaqörğon şahar tibbiyot birlaşmasi binosida mast holda mojaro kötarib, deraza oynalarini sindirgan. Uning bu qilmişi yetkazilgan zararni qoplatiş va jarima tölatiş örniga, içki işlar organlari xodimlarining kaltaklariga mubtalo bölgan.
Öylaymizki, Respublika va Samarqand viloyati tergov-suriştiruv organlari IIBdagi ikkinçi ayol kim bölgani, nega u kaltaklangani, uni kim kaltaklagani, S.Umarovdan boşqa öşa kuni içki işlar bölimida, navbatçilik bölimida kimlar bölgani, Kattaqörğon şahar prokurori nega bunday holatlarga panja orasidan qarab kelgani, uşbu şaxslarga nisbatan qanday jazolar qöllanilişi haqida oçiq axborotlarni taqdim etişadi. Aybdorlar qonunçilikda belgilangan jazolarini olişadi. Unday şaxslar huquq-tartibot organlariga boşqa yaqin yölatilmaydi, degan umiddamiz.
N.T. «Özbekistonimizda bu qadar yaxşi odamlar köp ekanligini bilmagan edim. Menga dalda bergan, ma'naviy va moddiy yordam körsatayotgan barça-barçaga özimning çeksiz minnatdorçiligimni bildiraman», dedi.

Eslatib ötamiz, Boş vazir örinbosari, respublika xotin-qizlar qömitasi raisi Tanzila Norboyeva öz qöl ostidagi xodimlar bilan birgalikda N.T.ning oilasiga şaxsan kelib, undan xabar oldi. N.T.ning xonadonida T.Norboyeva içki işlar tizimida xotin-qizlar huquqlarini ta'minlaş borasida özaro hamkorlik va islohotlar boşlaş kerakligi haqida ham ta'kidlab ötdi.
Şuhrat Şokirjonov











