Qaşqadaryo viloyati Yakkaboğ tumani Eski Yakkaboğ qörğonçasida istiqomat qiluvçi aholidan kelib tuşgan murojaat bizni vaziyatni öz joyida borib örganişga undadi.

Eski Yakkaboğ qörğonçasi hududidan Qizildaryo oqib ötadi. Qörğonçada içimlik suvi vodoprovod orqali yetkazilişiga barham berilganiga qariyb 15 yil bölayapti. Aholi töliq daryoning suvini olib, qaynatib, tindirib içadi.

Daryodan uzoqroqda bölganlarga suv taşuvçi maşinalarda yetkazib beriladi.

Qörğonça aholisining asosiy e'tirozi — daryo özanidan toş qazib olayotgan «Nurli kelajak sari» MÇJ (boşliği Ğulomxon Qurbonov) va «Döstlik» XIÇK (boşliği Farhod Nurmahmatov) tomonidan yillar davomida daryo özanining pasaytirib yuborilgani, toş maydalovçi va şağal saralovçi uskunalardan oqayotgan çiqindi suv va daryo özani içra harakatlanayotgan texnika vositalarining yoğ-moylari daryo suviga qöşilib, uni içiş uçun mutlaqo yaroqsiz holatga keltirayotgani xususidadir.

Iste'mol qilinadigan daryo suvidan kerosin, solyarka va moy hidlari kelib, uni iste'mol uçun yaroqsiz qilmoqda. Lekin mahalliy aholining boşqa iloji yöq. Ifloslanmagan suvni taşib keltiriş suv narxining oşişiga olib keladi.

Daryo özanidagi toşlar olinaverganidan, yer osti suvlari sathi ham pasayib, Eski Yakkaboğ qörğonçasining oilalari öz xonadonlarida qazigan quduqlari ham qurigan. Endi ular ham suvni taşib yoki sotib olib iste'mol qilişlari kerak.

Mahallada istiqomat qiluvçi yoşi uluğ qariyalar uşbu korxonalar tuni bilan işlaşi tufayli şovqin ham ularning tinçini buzayotganini gapirib ötişdi.

Qizildaryo özanidan qum va toşlar qazib olinişi bilan yondoş hududlarda siljiş yuzaga kelgan. Köhna qabristonda yoriq ham paydo bölganini aytib ötişdi. Agar qabriston joylaşgan tepalik siljib, daryoga qulaydigan bölsa qanday dahşat yuz berişini tasavvur qilavering!

Qişloq ahli şağal va qum taşiyotgan yuk maşinalari qörğonça hududida mavjud yöllar va köpriklarni işdan çiqarayotganini ham ta'kidlab ötdi. Qörğonça hududiga kelgan sel ham köpriklarning holatini yanada abgorlaştirdi.