Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Buxoro-agro» erkin iqtisodiy zonasini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori qabul qilindi.
Qaror taşqi bozorlarda talab katta bölgan, yuqori qöşilgan qiymatli raqobatbardoş mahsulotlar yetiştirişni ta'minlaydigan zamonaviy issiqxona xöjaliklarini taşkil etişga xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etiş uçun qulay şaroitlarni şakllantiriş, şuningdek, Buxoro viloyatining işlab çiqariş hamda resurs salohiyatidan kompleks va samarali foydalaniş, şu asosda yangi iş örinlari taşkil etiş hamda aholi daromadlarini oşiriş maqsadida qabul qilinmoqda.
«Buxoro-agro» EIZning asosiy vazifalari va faoliyati yönalişlari quyidagilardan iborat:
- zamonaviy issiqxona xöjaliklarini, jumladan, gidroponika texnologiyalarini qöllagan holda, klaster usuli asosida taşkil etiş uçun töğridan-töğri xorijiy va mahalliy investitsiyalar jalb etiş, şuningdek, zamonaviy energiya tejovçi issiqxonalar quriş uçun konstruksiyalar, jihozlar va boşqa butlovçi buyumlar işlab çiqarişni taşkil etiş;
- hududning işlab çiqariş va resurs salohiyatidan samarali foydalaniş asosida qişloq xöjaligi mahsulotlarini işlab çiqarişni kengaytiriş, qayta işlaşni çuqurlaştiriş va ularning eksport hajmini oşiriş;
- qişloq xöjaligi mahsulotlari işlab çiqarişning uruğdan to mahsulotni bozorga yetkazib berişgaça bölgan töliq jarayonini taşkil etişni rağbatlantiriş;
- köçatzorlar, şuningdek, birlamçi uruğçilikni taşkil etiş uçun şaroitlar yaratiş orqali issiqxona xöjaliklarini talabi katta, yuqori hosildorlikka ega bölgan qişloq xöjaligi ekinlari uruğ va köçatlari bilan ta'minlaşning samarali mexanizmlarini joriy etiş;
- logistika xizmatlari körsatişning zamonaviy infratuzilmasini şakllantiriş, qişloq xöjaligi işlab çiqariş sub'yektlariga ular tomonidan yetiştirilgan mahsulotlar eksportini taşkil etişda kömaklaşiş;
- issiqxona xöjaliklarini taşkil etişda zamonaviy resurs tejovçi texnologiyalarni, muqobil issiqlik energiyalardan foydalanişni keng joriy etiş;
- işlab çiqarilayotgan mahsulotlarni standartlaştiriş, sertifikatlaştiriş va markirovka qiliş böyiça xalqaro standartlarga muvofiq ilmiy-işlab çiqariş markazlari taşkil etiş va ularning xulosalari xalqaro darajada e'tirof etilişini ta'minlaş çora-tadbirlarini köriş;
- issiqxona xöjaliklari sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaşda, jumladan, ular tomonidan “Buxoro-agro” EIZ hududida faoliyat yuritayotgan korxonalarda işlab çiqariş amaliyotini ötaşda iştirok etiş.
«Buxoro-agro» EIZning faoliyat körsatiş muddati u taşkil etilgan kundan boşlab, mazkur muddatni keyinçalik uzaytiriş imkoniyati bilan 30 yilni taşkil qiladi.
EIZning faoliyat körsatişi muddati mobaynida uning hududida alohida soliq va bojxona rejimlari amal qiladi.
«Buxoro-agro» EIZ hududida amalga oşiriladigan loyihalarni moliyalaştiriş xalqaro moliya institutlari, loyiha taşabbuskorlari mablağlari, jumladan, töğridan-töğri investitsiyalar, şuningdek, tijorat banklari kreditlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boşqa manbalar hisobidan amalga oşiriladi.
Bunda loyiha taşabbuskorining loyihani amalga oşiriş uçun jalb etilayotgan öz mablağlari miqdori tegişli loyiha umumiy qiymatining 25 foizidan kam bölişi mumkin emas.











