«Real» hujumçisi Kriştianu Ronaldu ertagayoq «Yuventus» futbolçisiga aylanişi mumkin.

El Chiringuito xabariga köra, uşbu transfer turinliklarga 100 million yevroga tuşadi. Jurnalist Xose Pedrerolning yozişiça, madridliklar «Yuve» taklifini qabul qilişgan, kelişuv haqida rasman ertaga e'lon qilinişi kutilmoqda.

Marca naşri tarqatgan xabarga köra, «Real» hujumçisi Kriştianu Ronalduning «Yuventus»ga ötişi masalasi uzil-kesil hal böldi, endi faqat kelişuv haqida e'lon qiliş qoldi, xolos.

Xabarda ta'kidlanişiça, «Real» prezidenti Florentino Peres portugaliyalik yulduzning jamoadan ketiş istagiga hurmat bilan qarab, uning A-seriyada yangi sarguzaştlar boşlaşiga ruxsat bergan.

France Football xabariga köra esa portugaliyalik yulduz transferi 105 million yevroni taşkil etadi.

Bundan avvalgi xabarlarda, Ronaldu «Yuventus» bilan 4 yillik şartnoma böyiça kelişuvga erişgani, unga köra futbolçi yiliga 30 million yevro maoş olişi aytilgandi.