Armanistonning yangi boş vaziri Nikol Paşinyan Bryusselda NATO sammiti doirasida AQŞ prezidenti Donald Tramp, Buyuk Britaniya boş vaziri Tereza Mey va Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Federika Mogerini bilan suhbatlaşdi.
8 may kuni boş vazir lavozimini egallagan Paşinyan uçun bu jahon yetakçilari bilan ilk uçraşuv böldi.
Paşinyan NATOga a'zo davlatlar delegatsiyalari rahbarlari şarafiga uyuştirilgan keçki tanovulda iştirok etgan. U, şuningdek, Afğonistondagi “Qat'iy kömak” amaliyotiga jalb qilingan, NATOga a'zo bölmagan davlatlar yetakçilari uçraşuvida iştirok etgan.
Paşinyan Mogerini bilan uçraşuvda Armanistondagi islohotlarni muhokama qilgan. Mogerini, öz navbatida, Armaniston va Yevropa Ittifoqi hamkorligining kelajagi porloqligiga işonç bildirgan.












