Özbekiston taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Buyuk Britaniyaning yangi taşqi işlar vaziri Jyeremi Hantni lavozimga kirişgani bilan tabrikladi.

«Biz Özbekiston va Birlaşgan Qirollik örtasidagi sönggi yillarda özgaça dinamika bilan ösib borayotgan hamkorlikning miqyosi va samaradorligini yuqori baholaymiz. Aminmanki, Sizning taşqi işlar va Hamdöstlik işlari böyiça davlat kotibi lavozimidagi faoliyatingiz davlatlarimiz örtasidagi barça sohalardagi özaro manfaatli, ikki tomonlama va köp tomonlama formatdagi köp qirrali hamkorlikning mustahkamlanişi va kengayişiga xizmat qiladi», — deyiladi Komilovning murojaatnomasida.

Jyeremi Hant Devid Kemeron va Tereza Mey hukumatlarida soğliqni saqlaş vaziri bölib işlagan. Öz karerasida u soğliqni saqlaş va madaniyat masalalari bilan şuğullangan, biroq heç qaçon diplomatik xizmatlarda işlamagan va taşqi siyosat bilan şuğullanmagan.

51 yoşli konservator Hantni taşqi işlar vaziri lavozimiga tayinlanganini Britaniya hukumati rahbari Tereza Mey 9 iyul, duşanba kuni keçqurun e'lon qildi. Bungaça bir neça soat oldin Tereza Meyning Buyuk Britaniyaning Yevropa ittifoqidan «yumşoq» çiqiş variantiga rozi bölmagan TIV rahbari Boris Jonson iste'foga çiqarilgani e'lon qilingandi.