Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy şanba kuni mahalliy telekanal orqali jonli efirda AQŞning «avvalgidan ham köp yakkalanib qolgan»i haqida aytib, Amerikaning ittifoqçilari orasiga ham nifoq tuşganini bildirdi. Bu haqda Reyters xabar bermoqda.
«Biz şunday şaroitdamizki, AQŞ kiritayotgan sanksiyalar tufayli har qaçongi davrdan ham badtar, özi yakkalanib qolmoqda. Amerikaning noqonuniy qilmişlari... uni ittifoqdoşlaridan uzoqlaştirmoqda, körib turganimizdek», deydi u Donald Trampning Buyuk Britaniya taşrifi arafasida uyuştirilgan namoyişlarga urğu berib.
Eslatib ötamiz, Tehron bilan iqtisodiy hamkorlikni davom ettiriş Eron yadro kelişuvini saqlab qoliş imkonini beradi. «Beşlik» va Eron vazirlar qöşma komissiyasining Venada bölib ötgan yiğilişi iştirokçilari şunday xulosaga kelişgandi.












