Özbekiston Respublikasi Prezidentining “2018/2019 öquv yilida Özbekiston Respublikasining oliy ta'lim muassasalariga öqişga qabul qiliş töğrisida” 2018 yil 4 iyundagi qaroriga muvofiq oliy ta'lim muassasalariga abituriyentlardan hujjatlar qabul qiliş jarayoni davom etmoqda.
Oliy ta'lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni öqişga qabul qiliş tartibi töğrisidagi Nizom asosida abituriyentlarning öqişga qabul qiliş haqidagi arizalari oliy ta'lim muassasalarining qabul komissiyalari tomonidan 15 iyundan 15 iyulgaça (şu kuni ham) (Özbekiston davlat konservatoriyasi uçun 15 iyundan 10 iyulgaça) qabul qilinişi eslatib ötiladi.
Abituriyentlarga kasb tanlaşda yaqindan yordam beriş maqsadida oliy ta'lim muassasalarining barça fakultetlarida “Kasbga yönaltiriş xonalari” taşkil etilgan. Ular tegişli ta'lim yönalişlari böyiça töliq ma'lumot oliş imkoniyatini beradi.











