Sport | 16:40 / 16.07.2018
13760
1 daqiqa o‘qiladi

Ante Rebich o‘z ona qishlog‘idagi barchaning kredit qarzlarini to‘lab bergan

Foto: Eurosport

Xorvatiya terma jamoasi hujumchisi Ante Rebich o‘zi tug‘ilib o‘sgan va ayni chog‘da 500 kishi istiqomat qiluvchi qishloqdagi kredit olgan barcha odamlarning qarzlarini to‘lab berdi.

«Ante Split shahri yaqinidagi u qadar katta bo‘lmagan qishloqda tug‘ilib o‘sgan. U hech qachon o‘zi unib-o‘sgan joylarni unutmagan, holbuki 19 yoshidayoq Italiyaning «Fiorentina» klubi bilan shartnoma imzolab, ona qishlog‘ini tark etgan bo‘lsa ham», – deydi uning do‘sti, Xorvatiya yoshlar terma jamoasida birga to‘p tepgan bolalik do‘sti Lovro Shindik.

Ante kichik qishloqdagi barchaning kreditlarini so‘ndirib bergan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid