Bolaga nisbatan jinsiy jinoyatlar uçun umrbod qamoq jazosi Senatda maʼqullandi
Oliy Majlis Senatining 2-oktabr kuni bölib ötgan yalpi majlisida bolani zöravonlikning barça şakllaridan himoya qiliş tizimini takomillaştirişga qaratilgan qonun loyihasi körib çiqildi va maʼqullandi.
Qonun bilan 14 yoşga tölmagan şaxsning nomusiga tekkanlik hamda unga nisbatan jinsiy ehtiyojni zörlik işlatib ğayritabiiy usulda qondirganlik uçun uzoq muddatli 25 yilgaça yoki umrbod ozodlikdan mahrum qiliş jazosi joriy etilmoqda. Şuningdek, bolalarning jinsiy daxlsizligiga qarşi sodir etilgan öta oğir jinoyatlar böyiça javobgarlikka tortiş va hukmni ijro etiş muddatlari ötib ketgani qöllanmaydi. Bolaning ölimiga sabab bölgan qasddan sodir etilgan jinoyatlar uçun şartli hukm qiliş va jazodan muddatidan ilgari şartli ozod etiş butunlay taqiqlanmoqda.
Qonun kuçga kirişi uçun prezident tomonidan imzolanişi kerak.
Öqiş paytida maoş, diplomdan keyin iş: oliy taʼlimda yangi tizim
2027-2028 öquv yilidan oliy taʼlim muassasalarida korxonalar buyurtmasi asosida, bitiruvçini işga qabul qiliş şarti bilan dual taʼlim tizimi joriy etiladi. Korxona talabaga öqiş davrida oylik tölaydi, talaba esa bitirgandan keyin şu korxonada kamida ikki yil işlab berişi kerak böladi. Bu tartib prezident farmonida belgilandi.
Hujjatga köra, yuqori malakali kadrlarni tayyorlaşda «korxona – oliygoh – maqsadli kadr» tamoyili joriy etiladi. Kadrlar iş beruvçi korxonalarning buyurtmalari asosida tayyorlanadi.
Dual taʼlim şakli böyiça qabul qilinadigan bakalavriat yönalişlari va qabul parametrlarini oliy taʼlim muassasasining özi belgilaydi. Bunda ular Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelişib olişi kerak. Qabul iş beruvçi korxonaning buyurtmasiga muvofiq, tölov-kontrakt asosida har yili 1-oktabrga qadar amalga oşiriladi.
Ijtimoiy himoya reyestridagi oilaga kömir uçun 600 ming sömgaça kompensatsiya beriladi
2026-2027 yillar kuz-qiş mavsumida aholiga mahalliy kömir yetkazib berişning yangi tartibi joriy etilmoqda, deb xabar berdi «Özbekkömir» AJ.
Yangi mexanizmga köra, ijtimoiy himoya reyestriga kiritilgan oilaga xarid qilingan har bir tonna kömir uçun 300 ming sömdan, bir kalendar yilda jami 600 ming sömgaça kompensatsiya beriladi.
Şuningdek, aholiga mahalliy kömir yetkazib beriş jarayoniga xususiy tadbirkorlar ham jalb qilinadi.
Aholi ehtiyojlari uçun 2026-yilda 1,53 mln tonna mahalliy kömir yetkazib beriş rejalaştirilgan. Hozir kömirni hududlar kesimida taqsimlaş va birja savdolariga çiqariş işlari bosqiçma-bosqiç olib borilmoqda.
Iş joyida şahvoniy şilqimlikka qarşi qonun Senatda maʼqullandi
Mehnat kodeksini mehnat va maşğulotlar sohasida şahvoniy şilqimlikka yöl qöymaslikka oid yangi norma bilan töldiriş közda tutilgan qonun Senatda maʼqullandi.
2-oktabr kuni bölib ötgan yalpi majlisda körib çiqilgan qonun bilan Mehnat kodeksiga «terisining rangi» hamda «siyosiy qaraşlari» kabi belgilar mehnat va maşğulotlar sohasida kamsitiş sifatida baholanadigan holatlar hisoblanişini nazarda tutuvçi özgartiriş va qöşimça kiritilmoqda. Şuningdek, Mehnat kodeksi 8-1-modda bilan töldirilib, mehnat va maşğulotlar sohasida şahvoniy şilqimlikka yöl qöyilmaslik nazarda tutilmoqda.
Yangi normaga köra, şaxsga nisbatan uning uçun nomaqbul bölgan, şaʼni va qadr-qimmatini tahqirlaydigan, taşqi qiyofasi va qaddi-qomatini tavsiflaşda, imo-işora qilişda, teginişda yoki çaqirişda ifodalangan şahvoniy xususiyatga ega harakatlar şahvoniy şilqimlik sifatida baholanadi. Iş beruvçi mehnat jamoasida şahvoniy şilqimlikdan xoli muhitni yaratiş uçun barça zarur çoralarni körişi şartligi belgilanmoqda.
Talabaga maoş tölagan korxona xarajatining yarmini qaytarib oladi
Dual taʼlimda kadrlar tayyorlaşga oid farmonda korxonalarning uşbu jarayonda faol iştirokini qöllab-quvvatlaş çoralari belgilandi. Unga köra, korxonalarning har bir talabaga tölagan iş haqi xarajatlarining yarmi öquv yili yakunida subsidiya şaklida qoplab beriladi.
Mazkur tartib quyidagi taʼlim sohalarida dual şaklda tahsil olayotgan talabalar uçun amal qiladi: muhandislik işi; işlab çiqariş va işlov beriş; arxitektura va quriliş; qişloq xöjaligi.
Subsidiya talabaga berilmaydi. U korxonaning talabaga iş haqi tölaş uçun qilgan xarajatlarining 50 foizini qoplaşga yönaltiriladi.











