AQŞ prezidenti Donald Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida AQŞ qöşinlari NATO böyiça barça ittifoqdoşlarini himoya qilişga majbur emasligi haqida fikr bildirgan. U bunday davlat sifatida Çernogoriyani keltirib ötgan va bu davlat sababli Uçinçi jahon uruşi boşlanişi mumkinligini aytgan. “Çernogoriya juda tajovuzkor odamlar yaşaydigan kiçik davlatdir. Agar ular tajovuz körsatsalar, biz uruşga aralaşib qolişimiz mumkin”, deb aytgan Tramp tegişli savolga javoban.
Çernogoriya hukumatining Trampning sözlariga javobida uşbu davlat hamişa tinçlikparvar siyosat yuritganini ma'lum qilgan.
“Çernogoriya sobiq Yugoslaviyaning parçalanişi vaqtida uruş bilan qamrab olinmagan yagona davlat bölgan”, deb aytilgan Çernogoriya hukumatida.
Sobiq yugoslav davlatida ta'kidlanişiça, mamlakat NATOga kirgandan keyin uning askarlari nafaqat Yevropada, balki butun dunyo böylab tinçlik va barqarorlikka katta uluş qöşmoqdalar. Jumladan, Çernogoriya harbiylari amerikaliklar bilan bir qatorda Afğonistondagi operatsiyalarda iştirok etayotgani eslatib ötilgan.
Çernogoriya hukumatida ta'kidlanişiça, bugungi kunda “katta yoki kiçik davlat böliş ahamiyatsizdir”. “Muhimi mamlakat erkinlik va demokratiyaning qançalik qadriga yetişidir”, deb aytilgan xabarda.
Çernogoriyalik muxolif siyosatçi Ranko Krivokapiç Trampning sözlariga izoh tariqasida “uni AQŞ tarixidagi eng ğalati prezident” deb atagan. “Taşqi siyosat uning kuçli tomoni emas”, deb aytgan Krivokapiç.












