KUN.UZ sayti bemor vatandoşlarimizning holidan xabar oliş, saxovatpeşa yurtdoşlarimizning moddiy imkoniyati yöq xasta hamyurtlarimizga yordam berişlariga sababçi böliş borasidagi xayrli işlarini davom ettiradi. Sayt xodimlari şu maqsadda Yangiyöl tumani Özbekiston mahallasida bölib, 2004 yil 15 avgustda dunyoga kelgan Ş.U. (özi istamagani uçun ism-şarifi va şaxsi körsatilmadi) oilasida böldi. 

Surunkali boş oğriği va köz uçişidan (marcus gunn syndrome) aziyat çekayotgan vatandoşimiz Ş.U. onasining sözlariga köra, oğiz böşliğidagi asab tolasi yoşligidan öng közi asab tolalariga birikkan. Buning natijasida oğiz-jağ sohasi qimirlaganda köz uçişi kuzatiladi. Ayni vaqtda bu holat ança kuçaygan, deydi Fotima opa. 

“Bu köz şifokorlarining emas, neyrojarrohlarning işi, deyişdi. Şuning uçun Hindistonga davolatişga borişni rejalaştirganmiz. Buning uçun moddiy jihatdan imkoniyatimiz biroz çeklangani sababli xayriya aksiyasi ötkazib berişlaringizni sörab, sizlarga murojaat qildik. Zora, yaxşilar, saxovatpeşa yurtdoşlarimiz sabab bölib, farzandim ham şifo topsa”, - deydi onaizor.

Aziz vatandoşlar, xayr-ehsonsevar yurtdoşlar, uşbu xonadon sohibasi ham umid va işonç bilan bizlardan yordam kutmoqda. Kelinglar, imkoni borlarimiz Hindistonda tekşiruvdan ötiş va zarur bölsa davolanişi uçun kerak bölgan 5 ming AQŞ dollari töplanişida moddiy yordam bersak, uzrlilarimiz duolarimizda şu vatandoşimiz şifo topişini sörab duo qilaylik.

Xayriya qilişni istaganlar uçun 

+998 97 3420642 Mirzaraxmedova Fotima

Click, Payme:

8600 0202 5741 5906

Xorijdan pul ötkazmoqçi bölganlar uçun:

0451 1330 3072 0001