Özbekiston va Eron xavfsizlik organlari rahbarlari Tehronda Afğoniston masalasida muzokaralar ötkazdi. Bu haqda 19 iyul, payşanba kuni Islom Respublikasi yangiliklar agentligi xabar tarqatdi.
Xabarda aytilişiça, milliy xavfsizlik böyiça Eron Oliy Kengaşi kotibi Ali Şamxani Afğoniston va Markaziy Osiyoda IŞID terrorçilik guruhi faoliyatining kengayib borayotganidan xavotir bildirib, öz mamlakati terrorizmga qarşi kuraşdagi tajribasini mintaqaning boşqa davlatlari bilan bölişişga tayyorligini ma'lum qilgan. U özbekistonlik hamkasbi Viktor Mahmudov bilan suhbat çoğida Eron Özbekiston bilan siyosiy, harbiy va iqtisodiy sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni kuçaytiriş istagida ekanini bildirgan.
Eron rasmiysi prezident Şavkat Mirziyoyev olib borayotgan siyosatni ma'qullab, ikkala davlat Markaziy Osiyo respublikalari örtasida yuqori darajadagi hamkorlik muhitini yaratişda işonçli hamkor bölişi mumkinligini qayd etgan.
«Eron va Özbekiston birgalikdagi sa'y-harakatlari, özaro hamkorlikni faollaştiriş va milliy birlikka ega hukumatni qöllab-quvvatlaş orqali Afğonistondagi xavfsizlik va iqtisod sohalarida ösişga erişişi mumkin», - deya qayd etdi Şamxani.
Öz navbatida, Özbekiston prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengaşi kotibi Viktor Mahmudov Afğoniston hukumatini qöllab-quvvatlaş uçun mintaqa miqyosida jiddiy çoralar köriş zarurligini ta'kidladi.
Har ikki tomon ham iqtisod, transport, energetika va xavfsizlik sohalarida mavjud imkoniyatlardan yanada kengroq foydalaniş maqsadga muvofiq ekanini qayd etib, konstruktiv ruhdagi munosabatlarga uçinçi tomonning aralaşuvi bölmasligi kerakligiga kelişib olişdi.












