Joriy yilning 18 iyul kuni Xalq ta'limi vazirligida vazir örinbosari Atabek Nazirov rahbarligida Stefka Slava va Arman Vatyan boşçiligidagi Jahon Banki delegatsiyasi bilan rasmiy uçraşuv ötkazildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tadbirda Jahon Banki ekspertlari xalq ta'limi boşqaruv tizimida mavjud ma'muriy va iqtisodiy muammolar bilan taniştirildi. Uçraşuvda, şuningdek, ma'muriy va iqtisodiy boşqaruvning şaffof emasligi, byudjyetni rejalaştiriş, moliyaviy nazorat, moddiy-texnik ta'minot jarayonlari, quriliş-ta'mirlaş işlari va maktablarni jihozlaş, şuningdek, maktablarning muvozanatga solinmagan yuki va korrupsiyaga qarşi kuraş kabi muammolarning kompleks yeçimi muhokama qilindi.

Uçraşuv yakunlariga köra, Jahon Banki 30 million AQŞ dollari qiymatidagi Özbekiston Respublikasi hududidagi özining ilk pilot loyihasini işga tuşirdi.
Mazkur loyihaning maqsadi xalq ta'limi tizimida davlat mablağlari boşqaruvini, islohotlar va qayta tuzişlarni takomillaştiriş böladi.
Loyiha konsepsiyasi qisqa muddatda işlab çiqilib, Xalq ta'limi vazirligi rahbariyatiga körib çiqiş uçun taqdim etiladi. Şuningdek, loyihani amalga oşiriş uçun Xalq ta'limi vazirligi, Moliya vazirligi va Jahon Banki vakillaridan iborat ekcpert işçi guruhi taşkil etiladi.
Loyihaning işga tuşirilişi 2019 yilning yanvar oyida boşlanib, uni amalga oşirişga taxminan 4 yil vaqt ketadi.











