“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida köçmas mulk obektlariga kadastr hujjatlarini rasmiylaştiriş böyiça davlat xizmatlari narxlarini pasaytiriş haqida petitsiya paydo böldi.
Qayd etilişiça, köçmas mulk obektlariga kadastr hujjatlarini rasmiylaştiriş böyiça davlat xizmatlarini körsatganlik uçun xizmatlarning narxini kamaytiriş va aholi uçun qulaylaştiriş kerak.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 29 avgustdagi 679-sonli qaroriga ilova tarzida tasdiqlangan “Kadastr işini tayyorlaş va köçmas mulk obektlariga kadastr hujjatlarini rasmiylaştiriş böyiça davlat xizmatlari narxlarini belgilaş Tartibi”da köp kvartirali uydagi kvartira hamda yakka tartibdagi turar joyga kadastr işi mavjud bölib, boşqa şaxsga ötkazişda tölanadigan pul summasi aniq körsatilmagan, deyiladi murojaatda.
“Misol tariqasida, asosan qişloq joylarda birinçi marta kadastr hujjati otaga rasmiylaştirilganda örtaça bir million söm tölanadi, keyinçalik boşqa şaxsga (masalan, öğliga) qayta rasmiylaştiriş zarurati tuğilganda ham yana şunça miqdordagi pul summasi tölanişiga olib kelmoqda. Uşbu tartibning izohida, kadastr işi yöqolganda (yaroqsiz holga kelganda) uning nusxasi (dublikati)ni tayyorlaşning narxi köçmas mulk obekti körsatkiçlari özgartirilmasdan, xizmatlar umumiy qiymatining 50 foizini taşkil qilişi belgilanganligini körişimiz mumkin. Vaholanki, boşqa şaxsga ötganda amalga oşiriladigan işlar dublikat tayyorlaşdan köra osonroqdir.
Fuqarolarimizga yanada yengillik yaratiş maqsadida köp kvartirali uydagi kvartira hamda yakka tartibdagi turar joyni boşqa şaxsga ötkazişda dastlabki tölangan summaning 25 foizi miqdorida tölov tölanişini taklif qilamiz”, - deya yakunlanadi murojaat matni.












