Ma’lum qilinişiça, Kadastrlar palatasining Farğona viloyati tumanlaridan biridagi filiali rahbari 1990-yilda tuğilgan fuqaroning noqonuniy qurilgan savdo dökoniga nisbatan Kadastr agentligi tuman bölimi tomonidan tuzilgan dalolatnomani bekor qildirişni va’da qilgan.

Şuningdek, u mazkur ob’yekt böyiça qonuniy çora körilmasligini ta’minlaş evaziga joriy yilning iyul oyi boşlarida fuqarodan 600 AQŞ dollari olgan.

Biroq mansabdor va’dasini bajarmagan va keyinçalik fuqaroga 500 AQŞ dollarini qaytarib bergan.

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida uşbu holat foş etilgan.

Holat yuzasidan Kadastrlar palatasi filiali rahbariga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan. Ayni paytda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.