«Skripallar işi» böyiça ikki nafar gumonlanuvçi Buyuk Britaniyani tark etib böldi. Ularning şaxsi Britaniya politsiyasi tomonidan yuzlarni farqlaş tizimi yordamida aniqlangan, deb xabar qilmoqda CNN telekanali.
Ta'kidlanişiça, ularning mamlakatni tark etgani bir neçta belgi orqali ma'lum bölgan. Xususan, Kiprdagi britaniyalik harbiylar Moskvaga rus tilida yuborilgan kodlangan xabarni tutib olişdi, unda ularning mamlakatdan qoçib çiqişi haqida aytiladi.
Şuningdek, xabar qilinişiça, gumonlanuvçilar şaxsi yuzlarni farqlaş texnologiyasiga ega yaşirin kuzatuv kameralari tufayli aniqlangan. Politsiyaçilar aeroportdan va Solsberidan olingan kadrlarni özaro taqqoslab körişdi.
Ma'lumotlarga köra, gumonlanuvçilar Buyuk Britaniyani tijorat aviareysida öylab topilgan nomlar ostida tark etişdi. Şu bilan birga, manbaning ta'kidlaşiça, zaharlaganlar aniq rossiyaliklar bölgani noma'lum.
Eslatib ötamiz, avvalroq sukut Rossiyaga yordam berayotgani, Britaniyaga «Skripal qonuni» kerak ekani haqida yozilgandi.













