MB Boşqaruvining qarori bilan tijorat banklari tomonidan bank kafolatlarini berişning amaldagi tartibiga özgartirişlar kiritildi, deb yozmoqda Norma.
Eslatib ötamiz, şaxs (prinsipal) bankka özining kreditor (benefitsiar) oldidagi majburiyatlari bajarilişining ta'minoti sifatida kafolat beriş töğrisida ariza bilan murojaat qilişi mumkin. Bank, öz navbatida, mazkur arizaga köra kreditor pul summasini tölaş haqida yozma talabnoma taqdim etsa, pulni unga tölaş haqida yozma majburiyat beradi.
Kiritilayotgan özgartirişlar bilan uşbu taomilni rasmiylaştiriş va berilgan kafolatlar hisobini yuritişning ayrim jihatlari soddalaştirilmoqda.
Birinçidan, kafolat oliş uçun prinsipal belgilangan talablarga javob berişi lozim. Oxirgi uç moliyaviy yil natijalari böyiça ijobiy auditorlik xulosasiga ega bölişi ham talab qilinar edi. Endi mazkur mezonlar yumşatildi, bank kafolatini oliş uçun moliyaviy yil natijalari böyiça ijobiy auditorlik xulosasini taqdim etişning özi kifoya.
Ikkinçidan, kafolat summasi «90993 – Kafolat va kafilliklar» maxsus hisobvarağiga kirim qilinadi va kafolat summasi töliq qoplab berilganga qadar saqlanadi. Xorijiy va xalqaro taşkilotlarning kredit liniyalari va qarzlarini jalb qiliş bilan boğliq bank kafolatlari summasi uçun mazkur normaga qöşimça kiritildi. Ular grafikka asosan yoki muddatidan oldin qaytarilganda – hisobvaraq qoldiği mos ravişda kamaytirib boriladi.
Uçinçidan, bank tomonidan berilgan kafolatlar böyiça ehtimoliy yöqotişlarga qarşi zaxiralarni (prinsipalning kreditga layoqatliligidan kelib çiqib 1%dan 100%gaça) şakllantiriş tartibi bekor qilindi.
Hujjat 17.07.2018 yildan kuçga kirdi.








