Forbes e'lon qilgan eng köp pul işlab topgan jahon yulduzlari reytingida Floyd Meyvezer birinçi örinda joylaşdi. U bir yil davomida 285 mln dollar pul işlab topgani ma'lum böldi.

Floyd Meyvezer
Foto: Reuters

Ikkinçi öringa 239 mln dollar işlab topgan aktyor Jorj Kluni joylaşdi. U asosiy daromadni filmlardagi iştirokidan emas, balki uning alkogolli içimliklar işlab çiqaradigan Diageo kompaniyasining Casamigos brendi ostidagi tekila içimligi sotuvidan topdi.

Jorj Kluni
Foto: AP

Reytingdan örin egallagan yulduzlarning 12%i ötgan yilgi röyxatdan joy olmagandi. Bu yilgi reytingga qaytgan maşhurlar orasida Irlandiyaning U2 rok-guruhi (6-örin: $118 mln), Amerikaning The Eagles rok-guruhi (41-örin: $56 mln) hamda Britaniyaning afsonaviy Depeche Mode (44-örin: $53 mln) va The Rolling Stones rok-guruhlari (80-örin: $39 mln) bor. 

Jahonning eng köp haq tölanadigan 100 nafar maşhur kişisi reytingi yulduzlarning 2017 yil 1 iyundan 2018 yil 1 iyunga qadar soliq tölovlari hamda menejyerlar, agentlar va advokatlarga tölanadigan gonorarlar çiqarib taşlanmagan holdagi daromadlari asosida tuziladi. 

Keyingi yigirma yil davomida Forbes talqini böyiça eng köp daromad topgan maşhurlar reytingiga 700dan ortiq aktyor va aktrisalar, musiqaçilar va sportçilar kiritilgan. Bu yilgi reytingga 17 davlat: AQŞ, Buyuk Britaniya, Barbados, Portugaliya, Irlandiya, Braziliya, Argentina, Avstraliya, Şveytsariya, Kanada, Xitoy, Meksika, Kolumbiya, Germaniya, Ispaniya, Gretsiya va Hindiston fuqarolari kiritildi.