Qozoğistonda ekskavatorçi ustiga önlab tonna toğ jinsi tuşganiga qaramay u tirik qoldi.
Voqea 21 iyul ertalab Vasilkov toğ-boyitiş kombinati karerida yuz bergan. Toşlar 25 yoşli ekskavatorçi işlayotgan vaqtda uning ekskavatori ustiga tuşib ketgan.
Ma'lum qilinişiça, ekskavatorçini toşlar ostidan çiqarib oliş böyiça qutqaruv operatsiyasi toşlar katta va oğir bölgani sababli 12 soatdan köproq davom etgan. Toşlarni troslar yordamida tortişga töğri kelgan. “Murakkablik şunda ediki, 500 tonnalik qoya massasidan 100 tonnalik bölagi ajralib ketgan”, deb ma'lum qilingan xabarda.
Mutaxassislarning aytişiça, maşina ustiga 80 tonna toş tuşgan. Ekskavatorçi öz huşida bölgan, biroq oyoği qisilib qolgan.
“Dastlab yon tomon va pastdan qazib bormoqçi böldik, biroq unga oğriqli böldi. Uni çiqarib oliş uçun hattoki skipidar bilan moyladik. Natijada avval birinçi oyoğini, keyin ikkinçi oyoğini çiqarib oldik”, deb ma'lum qilingan xabarda.
Ekskavatorçi şifoxonaga jönatilgan, uning ahvoli qandayligi ma'lum qilinmagan. Ta'kidlanişiça, qutqaruv operatsiyasida 60dan köproq odam iştirok etgan.












