“Toşkent-Aero” ixtisoslaştirilgan bojxona kompleksi xodimlari qurol-yaroğ va öq-dorilarning bojxona çegarasi orqali noqonuniy ravişda olib ötilişiga doir navbatdagi bojxona qoidabuzarligini foş etişdi, deb xabar bermoqda Davlat bojxona qömitasi axborot xizmati.

“Toşkent” xalqaro aeroportida Seulga parvozi oldidan fuqaro K.T. bojxonadan "yaşil" yölak orqali ötar ekan, uning bezovtalanişi bojxonaçilarning diqqatini tortdi. Şundan söng, unga tegişli bölgan sumka rentgen apparati  orqali nazoratdan ötkazilganda, unda 2 dona patron yaşirilganligi aniqlandi.

5,45 mm. va 7,62 mm. kalibrli patronlar bojxona xodimlarining oğzaki sörovida va yölovçi bojxona deklaratsiyasida ma'lum qilinmagan ekan.

Hozirda uşbu holat yuzasidan tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.

Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 246-moddasiga binoan kontrabanda, ya'ni bojxona nazoratini çetlab yoki bojxona nazoratidan yaşirib, portlovçi moddalar, qurol-yaroğ, öqotar qurol yoki öq-dorilarni, Özbekiston Respublikasining bojxona çegarasidan ötkaziş uçun jinoiy javobgarlik belgilangan.