Toşkentning sayyohlik joylarida eksperiment şaklida avtomatlaştirilgan hojatxonalar örnatiladi.
TOP BUSINESS kompaniyasi poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxöjayevga Toşkent şahri hududida Yevropa sifatiga ega bölgan avtomatlaştirilgan umumiy hojatxonalar tarmoği va dam oliş uçun örindiqlarni örnatiş böyiça loyiha taqdim etdi.
Hokim bu ğoyani qöllab-quvvatladi. U Toşkentdagi sayyohlik joylarida önta ana şunday avtomatlaştirilgan hojatxonani eksperiment şaklida örnatişni taklif qildi.
Şuningdek, joylaşuvni aniqlaştiriş va potensial miqyosni aniqlaş maqsadida loyiha muhokamasini davom ettiriş taklif etildi.












