Jahon | 15:47 / 24.07.2018
7988
2 daqiqa o‘qiladi

Grenlandiyada aysberg qishloq ahliga tahdid solmoqda

Innaarsit qishloq ahli muz bag‘rida qolib ketganlarida qanday ehtiyot choralarini ko‘rish kerakligini juda yaxshi bilishadi. G‘arbiy Grenlandiyaning kichik orolida qish juda uzun va qorong‘u o‘tadi. Bu paytda odamlar muz qatlamini yorib baliq ovlash bilan mashg‘ul bo‘lishadi.

Bu yilning yozi 50ga yaqin hovlida istiqomat qiluvchi innaarsitliklar uchun kutilmagan tarzda keldi. 11 million tonnalik aysberg qishloqni tashqi dunyodan uzib qo‘ydi. U yerdagi 170 kishi hammasi yaxshilik bilan tugashidan umid qilyapti.

Daniya meteorologik instituti CNN nashriga ma'lumot berishicha, aysbergning suv tubida turgan qismi balandligi qariyb 100 metrni tashkil qiladi va bu Londondagi Big Ben soati balandligiga tengdir.

Mahalliy aholi aysberg erib, katta to‘lqinni keltirib chiqarishidan xavotirga tushmoqda va har ehtimolga qarshi qayiqlar bir necha kunlik oziq-ovqat bilan to‘ldirilmoqda.

Foto: kitv.com

Mavzuga oid