Xalqaro valyuta jamğarmasining ğarbiy yarimşarga javob beruvçi deprtamenti boşliği Alexandro Verner byudjyetdagi kamomadni yopiş uçun töxtamasdan pul bosayotgan Venesuela hukumatini joriy moliyaviy siyosati ulkan inflyatsiyaga olib kelişidan ogohlantirdi. 

Vernerning aytişiça, Venesuelada yuz berayotgan iqtisodiy inqirozni 1923 yil Germaniyada yoki 2000-yillar oxirida Zimbabveda yuz bergan inqirozga qiyoslaş mumkin. Agar iş şunday ketadigan bölsa, mamlakatni million foizlik inflyatsiya kutmoqda.
 
Vernerning ta'kidlaşiça, iqtisodiy inqiroz, giperinflyatsiya, oziq-ovqat mahsulotlari yetişmayotgani odamlarning mamlakatdan ommaviy ravişda ketişiga sabab bölmoqda, bu esa oqibatda Venesuelaning qöşnilariga ta'sirini körsatadi.

Venesuela hukumati inqiroz mavjudligini tan olmoqda, biroq buni içki va taşqi duşmanlar tomonidan Venesuelaga qarşi olib borilayotgan “iqtisodiy uruş” bilan tuşuntirmoqda. 

Mustaqil ekspertlar ma'lumotlariga köra, 2017 yilda Venesuelada inflyatsiya 60 ming foizni taşkil qilgan, oxirgi 3 oyda esa bu körsatkiç 300 ming foizgaça yetgan.