Davlat avtoinspeksiyasi xodimlari Rossiyaning Tyumen köçalarida maşinasida vannani şatakka olib yölovçini sayr qildirgani uçun jarimaga tortildi deb xabar berdi YHXB matbuot xizmati.

— Yöl-patrul xizmati inspektorlari ma'muriy qoidabuzarlik töğrisida bayonnoma tuzişdi va ularga nafaqat yöl harakati qoidalarini buzişgani, balki özlari va atrofdagilarning hayotini xavf ostiga qöyişganini tuşuntirişdi, — deyiladi xabarda.

Erkaklar ayblarini tan olişgan va şunçaki köngilxuşlik qilmoqçi bölişganini aytişgan.

Yarim-yalanğoç holda bölgan Eduard Filippov Tyumen şahri markazida avtomobilda şatakka olingan vannada sayr qilgandi.