Test sinovlari paytida mehnat qilgan bino rahbarlari va guruh nazoratçilarining xizmati haqi belgilandi. Ya'ni, bir kişi bitta smena uçun 49 452,0 söm haq olişi mumkin.
Respublika oliy ta'lim muassasalari bakalavriatiga 2018/2019 öquv yilida öqişga qabul qiliş böyiça kiriş test sinovlari ötkazilişiga jalb qilinadigan bino rahbarlari va guruh nazoratçilarining mehnatiga haq tölaş - ular işlayotgan taşkilot va muassasalarning byudjyet va byudjyetdan taşqari mablağlari hisobidan amalga oşiriladi.
Uşbu tölov Davlat test markazining dalolatnomasi asosida bir smenaga 71 153,0 söm (daromad soliği va pensiya jamğarmasiga ajratilmalarni çiqarib taşlaganda bir kişiga 49 452,0 söm) miqdorida tölanişi ma'lum böldi.
Respublika oliy ta'lim muassasalari bakalavriatiga öqişga qabul qiliş böyiça kiriş test sinovlarini ötkazişga jalb qilinadigan oliy ta'lim muassasalari va umumiy örta ta'lim maktablarining xodimlari bilan Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi örtasida test sinovlarini ötkaziş jarayonida guruh nazoratçisi sifatida iştirok etiş töğrisida moliyaviy majburiyat körsatilmagan şartnoma tuziladi.
Oliy ta'lim muassasalari bakalavriatiga öqişga qabul qiliş böyiça kiriş test sinovlari jarayoni yakunlangaç, Davlat test markazi test sinovlarini ötkazişga jalb qilingan xodimlarining test sinovlaridagi iştirokini va ular tomonidan bajarilgan işlar hajmini tasdiqlovçi ma'lumotlarni Özbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi hamda tasarrufida oliy ta'lim muassasalari bölgan vazirliklar va idoralarga taqdim etadi.
Davlat test markazi tomonidan taqdim etilgan xodimlarning test sinovlaridagi iştiroki va ular tomonidan bajarilgan işlar hajmini tasdiqlovçi ma'lumot (hujjat) asosida test sinovlarini ötkazişga jalb qilingan oliy ta'lim muassasalari va umumiy örta ta'lim maktablarining xodimlariga ularning asosiy iş joylaridan mehnat haqi tölanadi.












