Suriya janubidagi Başar Asad hukumati nazoratida bölgan Suvayda viloyati hududida sodir etilgan seriyali teraktlar qurbonlari soni 183 nafarni taşkil qilmoqda. Bu haqda Al Hadath telekanali «Suriya Inson huquqlari monitoring markazi» ma'lumotiga asoslangan holda xabar bermoqda.

Teraktlar IŞIDning bir guruh xudkuşlari tomonidan amalga oşirildi. Kunning birinçi yarmida Suriya poytaxti Damaşqdan 92 km masofada joylaşgan Suvayda şahri markazidagi Suk-al-Xodra bozorida kuçli portlaş sodir etilgan. Köp ötmasdan Al-Musallah tumani hududida portlaşlar röy bergan.

Foto: AFP 

«Suvaydadagi bozorda tanasiga portlovçi qurilmalar boğlangan uç jangari birin-ketin özini portlatdi. Şaharning boşqa nuqtalarida ham, şimolda va şarqda portlaşlar ovozi eşitildi», deya xabar berişgan huquq faollari.

© Foto : SANA

Bundan taşqari, xavfsizlik xizmati vakillari ikki terrorçini özini portlatişga ulgurişidan oldin otib taşlagan.

Xuddi şu vaqtda şahar taşqarisidagi qişloqlarga jangarilarning otryadlari hujumi uyuştirilib, tinç aholi qirğin qilingan. Hukumat harbiylari va köngillilar otişmalarda jangarilarni çekintirişgan.

© Foto : SANA

Qişloqlarga hujumlar oqibatida halok bölganlarning aniq soni hozirça hisoblanmadi.

Qayd etiş kerakki, bu keyingi oylarda Suriyada kuzatilgan eng yirik hujum böldi.

© EPA/SANA HANDOUT

Oxirgi vaqtlarda Başar Asad hukumati Rossiya aviatsiyasi kömagida Suriya janubidagi katta hududni qaytarib olgandi. Aynan şu hududlarda IŞID xudkuşlari teraktlar sodir etib kelmoqda.

BMT ma'lumotlariga köra, Suriyada kamida 270 ming kişi harbiy harakatlar davom etayotgani tufayli öz uylarini taşlab ketişga majbur bölgan.