Toşkent şahar IIBB YHXBda yöl harakati qoidalarini buzganligi uçun haydovçilar tomonidan tölanadigan ma'muriy jarimalarning yangi tartibi joriy etilmoqda.
Avvallari, yöl harakati qoidasi buzilgan vaziyatda YPX inspektori bayonnoma asosida qoidabuzarning haydovçilik guvohnomasini olib qöyar edi. Haydovçi esa guvohnomasini qaytarib oliş uçun dastlab YHXBga borişga majbur edi. Bu yerda tölov kvitansiyasini olib, belgilangan jarima summasini tölaganidan söng hujjatlarini qaytarib olardi. Bunday iş uslubi fuqarolarning vaqtini olar, navbatlarning köpayişiga sabab bölardi.
Yangi tartibga köra, YPX noziri sodir etilgan ma'muriy qoidabuzarlik haqidagi bayonnomani maxsus elektron dastur orqali YHXBning Avtomatlaştirilgan axborot tizimiga joylaştiradi. Öz navbatida tizim avtomatik ravişda «elektron» bayonnomani «Özbekiston poçtasi» AJga yuboradi. Şundan söng, qoidabuzarning uyiga jarima tölovi haqidagi ma'lumotnoma keladi. Uşbu turdagi jarimalar faqatgina billing tizmi orqali tölanadi.
Billing tizimi orqali jarima tölovlarini istalgan bank muassasasida plastik kartoçkasi yoki elektron tölovlar tizimi yordamida amalga oşiriş mumkin. Bu jarayonda avvalgidek kvitansiyalar töldirilmaydi. Jarima tölovi haqidagi ma'lumotnomalarning har biri öziga xos identifikatsion raqamlardan iborat böladi.
Tölovlarni 15 kun içida amalga oşiriş talab etiladi. Aks holda qarzdorlik haqidagi ma'lumotlar Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi huzuridagi majburiy ijro Byurosiga taqdim etiladi.












