Gvatemaladagi Fuego vulqoni otilişi oqibatida halok bölganlar soni 153 kişiga yetdi, deb xabar berdi sud ekspertizasi milliy instituti.

Avvalroq vulqon otilganidan söng 332 kişi bedarak yöqolgani xabar qilingandi. Halok bölganlar soni 125 kişiga yetgandi.

"Bugungi kunga kelib Gvatemala sud ekspertizasi milliy instituti Fuego vulqoni otilişi oqibatida halok bölgan 153 kişining şaxsini aniqladi", — deyiladi institutning Twitter sahifasida e'lon qilingan bayonotida.

Fuego vulqoni 3 iyun kuni otilişni boşlagandi. Fojia mamlakatning 16,6 million aholisidan 1,7 million nafariga öz ta'sirini körsatgan.