Hukumat qarori bilan Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik kollejlari bitiruvçilarini Toşkent davlat yuridik universiteti bakalavriatiga öqişga qabul qiliş töğrisidagi nizom tasdiqlandi, deb xabar bermoqda “Huquqiy axborot” kanali.
Eslatib ötamiz, prezidentning 2018 yil 13 apreldagi qarori bilan 2020/2021 öquv yilidan boşlab yuridik kolleji bitiruvçilari Toşkent davlat yuridik universitetining bakalavr bosqiçiga hududiy adliya organlarining yöllanmalari böyiça test sinovlarisiz yakka tartibdagi suhbat ötkaziş yöli bilan kirişi mumkinligi belgilangan edi.
Nizomda uşbu jarayonning qanday amalga oşirilişi belgilab berildi.
Nizomga muvofiq, Adliya vazirligi yuridik kolleji bitiruvçilari TDYuUda öqişni tölov kontrakt asosida amalga oşiradi. Öqişga qabul qiliş yakka tartibdagi suhbat natijalariga köra belgilanadi. Suhbat abituriyentlarning mamlakatda amalga oşirilayotgan keng qamrovli islohotlarning mohiyati va ahamiyatini tuşunişini, ixtisoslikni tanlaşdagi motivatsiyasini, şaxsiy-kasbiy xususiyatlarini, çet tilini biliş darajasini aniqlaş maqsadida ötkaziladi.
Yuridik kollej bitiruvçilariga hududiy adliya organlari tomonidan yöllanmalar beriş masalasi bilan şuğullanuvçi komissiya tegişli öquv yilining 10 mayidan keçiktirmay tegişli adliya organining buyruği bilan taşkil etiladi. Komissiya tarkibiga adliya organlari va muassasalari xodimlari, boşqa taşkilotlar vakillari kiritiladi.
Bitiruvçilar har yili 25 maydan keçikmay maxsus komissiyaga yöllanma beriş uçun ariza bilan murojaat qilişi lozim. Arizalar 1 iyundan 10 iyunga qadar körib çiqiladi.
Bitiruvçining özlaştiriş körsatkiçi reyting natijalari barça fanlardan 71 va undan yuqori foizni taşkil etişi, kollej ijtimoiy hayotidagi faol iştiroki, örnatilgan içki tartib qoidalar, odob-axloq qoidalariga rioya etişi yöllanma beriş masalasini hal etişda minimal talablar hisoblanadi.
Maxsus komissiyaning qarori asosida hududiy adliya organi rahbari tomonidan yöllanma beriş yoki yöllanma berişni rad etiş haqidagi yakuniy qaror qabul qilinadi. Qarorning xolisligi uçun şaxsiy javobgarlik hududiy adliya organi rahbari zimmasiga yuklanadi.
Içki tartib-qoidalarni buzgan bitiruvçiga yöllanma berilmaydi.
Taqdim etiladigan yöllanmalar soni kollej bitiruvçilari umumiy sonining 30 foizidan oşmasligi kerak.
Yöllanma olgan abituriyent bilan yakka tartibdagi suhbat 1 iyuldan 10 iyulgaça Adliya vazirligi va TDYuU xodimlaridan iborat tarkibdagi komissiya tomonidan ötkaziladi. Suhbat 20 daqiqagaça davom etadi va 100 ballik tizimda baholanadi.
Çet tilidan CEFR böyiça B1 darajasiga, IELTS böyiça 5.5 va undan yuqori ballga, TOEFL böyiça 70 va undan yuqori ballga, TestDaF böyiça TDN3 darajasiga ega bölgan abituriyentlar çet tili böyiça suhbatdan ozod etiladi va maksimal 25 ball qöyiladi.
Natijalar TDYuU veb-saytida suhbat ötkazilgandan söng ertangi iş kunida e’lon qilinadi. Abituriyentlar yakka tartibdagi suhbatga kelmaganida, suhbatda belgilangan maksimal ballning 55 foizi va undan kam ball töplaganida ularni qabul qiliş amalga oşirilmaydi.
Bundan taşqari suhbat qayta ötkazilmaydi va natijalar ustidan şikoyatlar apellyatsiya tartibida körib çiqilmaydi.
Öqişga qabul qilingan talabalar maxsus uç yillik dastur böyiça ta’lim oladilar.
TDYuU bakalavriati bitiruvçilari uç yil uzluksiz işlab beriş uçun davlat va xöjalik boşqaruv organlari, huquqni muhofaza qiluvçi organlar, sudlar va boşqa taşkilotlarga taqsimlanadi. Yuqori reyting natijasiga ega bölgan bitiruvçilar öz tanlovi böyiça işga joylaşadilar. Işga taqsimlangandan söng bitiruvçilar bir oydan oşmagan muddatda körsatilgan iş joyida bölişlari lozim.
Uzluksiz işlab berişdan boş tortgan bitiruvçi TDYuUda öqişni bitirgan vaqtda amalda bölgan şartnoma summasining yigirma beş baravari miqdorida kompensatsiya tölab berişi lozim.












